Yevropa Ligasi. “Arsenal”, “Milan”, “Chelsi”da g‘alaba, “Krasnodar” esa “Sevilya”ni taslim qildi

Kecha, 4-oktabr sanasida Yevropa Ligasi 2-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.



Foto: Twitter

Jumladan, Londonning “Arsenal” klubi bugun “Qorabog‘” maydoniga safar qilib, 0:3 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. “Milan” o‘z maydonida “Olimpiakos” bilan kurash olib borib, 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Odil Ahmedovning sobiq klubi “Krasnodar” esa o‘z uyida Andalusiyaning “Sevilya” jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Londonning yana bir klubi “Chelsi” esa “Stemford Brij” stadionida “Vidi” jamoasini sinovdan o‘tkazib, Alvaro Morataning yagona goli sabab 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Yevropa Ligasi

2-tur bellashuvlari

4-oktabr, payshanba

“A” guruhi

“Bayer Leverkuzen”—AYEK 4:2

Gollar: 0:1 – 25 Trichkovski, 1:1 – 44 Haverts, 2:1 – 49 Alario, 3:1 – 88 Alario, 3:2 – 90 Raspas, 4:2 – 90 Brandt.

“Syurix”—“Ludogorets” 1:0

Gol: 1:0 – 84 Paulsson.

“B” guruhi

“Rusenborg”—“Leypsig” 1:3

Gollar: 0:1 – 12 Ogyusten, 0:2 – 54 Konate, 0:3 – 61 Mateus Kunya, 1:3 – 79 Jebali.

“Zalsburg”—“Seltik” 3:1

Gollar: 0:1 – 2 Eduar, 1:1 – 55 Dabur, 2:1 – 61 Minamino, 3:1 – 73, penalti Dabur.

“C” guruhi

“Bordo”—“Kopengagen” 1:2

Gollar: 0:1 – 42 Soteriu, 1:1 – 84 Sankare, 1:2 – 90 Skov.

“Zenit”—“Slaviya” 1:0

Gol: 1:0 – 80 Kokorin.

“D” guruhi

“Fenerbaxche”—“Spartak Trnava” 2:0

Gollar: 1:0 – 51 Slimani, 2:0 – 68 Slimani.

“Anderlext”—“Dinamo Zagreb” 0:2

Gollar: 0:1 – 19, penalti Xayrovich, 0:2 – 68 Goyak.

“E” guruhi

“Vorskla”—“Sporting Lissabon” 1:2

Gollar: 1:0 – 10 Kulach, 1:1 – 90 Montero, 1:2 – 90 Jovane Kabral.

“Qorabog‘”—“Arsenal” 0:3

Gollar: 0:1 – 4 Papastatopulos, 0:2 – 53 Smit-Rou, 0:3 – 79 Gunduzi.

“F” guruhi

“Betis”—“Dyudelanj” 3:0

Gollar: 1:0 – 56 Sanabriya, 2:0 – 80 Lo Chelso, 3:0 – 88 Telo.

“Milan”—“Olimpiakos” 3:1

Gollar: 0:1 – 14 Gerrero, 1:1 – 70 Kutrone, 2:1 – 76 Iguain, 3:1 – 79 Kutrone.

“G” guruhi

“Spartak Moskva”—“Vilyarreal” 3:3

Gollar: 0:1 – 13 Toko-Ekambi, 1:1 – 34, penalti Ze Luish, 1:2 – 49 Fornals, 2:2 – 82 Ze Luish, 3:2 – 85 Melgarexo, 3:3 – 90, penalti Kasorla.

Reynjers”—“Rapid” 3:1

Gollar: 0:1 – 42 Berisha, 1:1 – 43 Morelos, 2:1 – 84, penalti Tavernye, 3:1 – 90 Morelos.

“H” guruhi

“Apollon”—“Marsel” 2:2

Gollar: 0:1 – 50 Payet, 0:2 – 67 Luis Gustavo, 1:2 – 74 Markovich, 2:2 – 90 Selayya.

Ayntraxt F”—“Latsio” 4:1

Gollar: 1:0 – 4 da Koshta, 1:1 – 23 Parolo, 2:1 – 28 Kostich, 3:1 – 52 Yovich, 4:1 – 90 da Koshta.

“I” guruhi

“Malmyo”—“Beshiktosh” 2:0

Gollar: 1:0 – 53, avtogol Erkin, 2:0 – 76, penalti Rozenberg.

“Sarpsborg”—“Genk” 3:1

Gollar: 1:0 – 5 Mortensen, 1:1 – 49 Trossard, 2:1 – 54 Sakariassen, 3:1 – 63 Mortensen.

“J” guruhi

“Krasnodar”—“Sevilya” 2:1

Gollar: 0:1 – 43 Nolito, 1:1 – 72 Pereyra, 2:1 – 88 Okriashvili.

“Standard”—“Oqhisor” 2:1

Gollar: 1:0 – 17 Emon, 1:1 – 32 Ayыk, 2:1 – 39 Djenepo.

“K” guruhi

“Ostona”—“Renn”

“Yablonets”—“Dinamo Kiyev” 2:2

Gollar: 0:1 – 8 Sigankov, 0:2 – 14 Garmash, 1:2 – 33 Govorka, 2:2 – 81 Travnik.

“L ” guruhi

BATE—PAOK 1:4

Gollar: 0:1 – 6 Priyovich, 0:2 – 11 Leo Jaba, 0:3 – 17 Leo Jaba, 1:3 – 61 Skavish, 1:4 – 73 Pelkas.

“Chelsi”—“Vidi” 1:0

Gol: 1:0 – 70 Morata.

Manba: Daryo.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.