Pepsi Superliga. Bugun “Navbahor” Toshkentda “Bunyodkor” bilan jang qiladi, “Paxtakor” esa “Metallurg” maydoniga safar qiladi

Bugun, 3-oktabr sanasida Pepsi Superligada 25-tur bahslari davom ettiriladi.



Foto: PFL

Jumladan, Superligada qolish uchun kurashayotgan “Qo‘qon-1912” hamda AGMK jamoalari Qo‘qonda hisob-kitob qilishadi. Ular o‘rtasidagi bahs 18:00 da boshlanishi belgilangan.

Chempionlik uchun kuchli oltilikda kurash olib borayotgan “Metallurg” esa o‘z uyida “Paxtakor”ga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilib ko‘radi. Mazkur bahs ham 18:00 da boshlanadi.

Turning so‘nggi o‘yini Toshkentda kechadi. Unda chempionlik uchun kurashayotgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor” Ilhom Mo‘minjonov boshliq “Navbahor”ni qabul qiladi. Uchrashuv 20:00 da boshlanadi.

Pepsi Superliga. “Lokomotiv” va “Nasaf”dan g‘alaba, “So‘g‘diyona” esa “Neftchi”ga javobsiz 3 ta gol urdi

Pepsi Superliga

25-tur bellashuvlari

3-oktabr, chorshanba

“Qo‘qon-1912” – AGMK 18:00

“Metallurg” – “Paxtakor” 18:00 

“Bunyodkor” – “Navbahor” 20:00 

Manba: Daryo.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.