Jazoir prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub yo'lladi


Абдулазиз Бутефлика/Фото: Sipa

2018 yilning 24 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Naser Busheritni uning iltimosiga ko'ra qabul qildi, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.

Elchi O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga yo'llangan Jazoir prezidenti Abdulaziz Buteflikaning maktubini topshirdi.

Uchrashuvda O'zbekiston-Jazoir aloqalarini faollashtirishning istiqbolli yo'nalishlari, jumladan qo'shma tadbirlarni o'tkazish masalasi yuzasidan fikr almashildi.


Manba: Kun.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.