GM Uzbekistan Cobalt va Malibu avtomobillarini yetkazish muddatini ikki barobardan ziyodroqqa qisqartirdi

GM Uzbekistan kompaniyasi Cobalt va Malibu avtomobillarini yetkazib berish muddatini ikki barobardan ziyodroqqa qisqartirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.



Foto: GM Uzbekistan

“Avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshirilgani hamda mijozlarga qulaylik yaratishni davom ettirgan holda GM Uzbekistan avtomobilning yana ikkita modelini yetkazib berish muddatini qisqartirishga erishganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi. Endilikda Cobalt (4-pozitsiya, AT) avtomobilini yetkazish muddati 84 dan 40 kalendar kuniga (60 dan 25 ish kuni) hamda Malibu Turbo’ni 125 dan 60 kalendar kuniga (90 dan 45 ish kuni) qisqardi. Aytish joizki, ushbu yangi qisqargan muddatlar avtomobil yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalarda ham huquqiy jihatdan ham qayd etiladi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, kompaniya xizmatlarni takomillashtirishda hamda boshqa modeldagi avtomobillarning yetkazib berish muddatlarini ham qisqartirishda davom etadi va bu haqda qo‘shimcha ravishda ma’lum qilib boradi.

Kunlik tarzda yangilanib boradigan dilerlik korxonalari kesimida taqsimlanadigan avtomobillar ro‘yxati bilan ushbu havolada tanishish mumkin bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.