Pepsi Superliga. “Neftchi” bugun “Nasaf”ni qabul qiladi, “Paxtakor” esa “Buxoro”ga qarshi jang qiladi

Bugun, 22-sentabr sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 2-bosqich 24-tur uchrashuvlari doirasida uchta bellashuv bo‘lib o‘tadi.



Foto: PFL

Pastki oltilikda Superligada qolish uchun kurashayotgan “Neftchi” o‘z uyida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qiladi. O‘yin 18:00 da boshlanadi.

Chempionlik uchun kurashayotgan “Paxtakor” esa o‘z maydonida “Buxoro” bilan bellashadi. Bu bahs ham 18:00 da boshlanadi.

Kunning so‘nggi o‘yinida “Qizilqum” “Bunyodkor” bilan kurash olib boradi. Mazkur bellashuv esa 20:00 da boshlanadi.

Turning markaziy o‘yini ertaga “Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida kechadi.

Pepsi Superliga

24-tur bellashuvlari

22-sentabr, shanba

“Neftchi” – “Nasaf” 18:00

“Paxtakor” – “Buxoro” 18:00

“Qizilqum” – “Bunyodkor” 20:00

23-sentabr, yakshanba

“Lokomotiv” – “Bunyodkor” 18:00

AGMK – “So‘g‘diyona” 18:00

“Navbahor” – “Metallurg” 20:00

Manba: Daryo.uz

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.