Medvedev makkajo‘xori dalasiga favqulodda qo‘ngan samolyot uchuvchilarini mukofotlashni buyurdi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Podmoskovyeda favqulodda qo‘ndirilgan “Ural havo yo‘llari” aviakompaniyasining A321 layneri uchuvchilarini davlat mukofotlariga tavsiya etish haqidagi farmonni imzoladi, deb yozadi “RBK”.



Foto: Sputnik

Medvedevning ta’kidlashicha, ekipajning mohirona xatti-harakatlari tufayli aviafalokatning va yo‘lovchilar halokatining oldi olingan.

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, voqea joyida hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha komissiyalar ishlaydi.

15-avgust kuni “Ural havo yo‘llari” aviakompaniyasining A321 layneri Podmoskovyening Ramenskiy tumanidagi makkajo‘xori dalasiga  favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. “Jukovskiy—Simferopol” yo‘nalishi bo‘yicha parvozga ko‘tarilgan samolyot chaykalar galasi bilan to‘qnashgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.