Kashmirdagi otishmada pokistonlik va hindistonlik harbiylar halok bo‘ldi

Kashmirdagi otishmada pokistonlik va hindistonlik harbiylar halok bo‘ldi


Kashmirda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi nazorat chizig‘idagi otishmada Pokistonning 3 harbiysi va Hindistonning 5 harbiysi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press Of Pakistan axborot agentligi xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, to‘qnashuvlar “ko‘plab yaradorlar va istehkomlarga shikast yetishiga” olib kelgan.

Hindistonning ANI axborot agentligi o‘z manbalariga tayanib, hind harbiylari halok bo‘lgani haqidagi xabarni rad etgan, biroq pokistonlik harbiylar halok bo‘lganini tasdiqlagan.

Kashmir knyazligi hududi 1947 yildan beri ikki davlat o‘rtasidagi bahsga sabab bo‘lib kelmoqda. Ayni vaqtda hududda davlat chegarasi mavjud bo‘lmay, uning hududi nazorat chizig‘i bilan ajratilgan. Kashmirning Hindistondagi hududida Hindistondan ajralish uchun kurashuvchi guruhlar harakat qiladi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.