Tramp Xitoy bilan savdo kelishuvida shartlarni AQSh qo‘yishi kerakligini aytdi

Tramp Xitoy bilan savdo kelishuvida shartlarni AQSh qo‘yishi kerakligini aytdi


Xitoy bilan savdo masalalaridagi kelishuv AQSh shartlari asosida tuzilishi lozim. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp WGIR radiostansiyasiga bergan intervyusida aytdi.

"To‘g‘risini aytsam, Xitoy kelishuv tuzmoqchi va bu kelishuv qulay shartlarda tuzilishi kerak. Rostini aytadigan bo‘lsam, kelishuv bizning shartlarimiz asosida tuzilishi kerak. Aks holda, kelishuv tuzishdan qanday ma'no bor?", dedi u.

AQSh prezidenti Donald Tramp 1 avgustda 1 sentyabrdan Xitoyning 300 mlrd dollarlik mahsulotlariga 10 foizlik yangi bojlar kiritishini ma'lum qilgandi.

Bunga javoban Xitoy AQShdan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini import qilishni to‘xtatdi. 13 avgust kuni AQSh Xitoy mahsulotlariga boj joriy etishni 15 dekabrgacha ortga surganini e'lon qildi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.