Xitoyda ko‘chki oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Chunsine shahrida yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”. Oqibatda 6 kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.


Foto: Printest

Hukumat bergan ma’lumotga ko‘ra, ikki turar joy binosi va Chenkou shahri munitsipial uyezdi hududidagi yordamchi xo‘jalikni taxminan 70 ming kub metrlik tog‘ jinsi butunlay qoplagan.

Qutqaruvchilar yana ko‘chki sodir bo‘lish xavfi mavjud bo‘lishiga qaramay, bedarak yo‘qolgan odamni qidirmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.