Olmaotada Qozog‘istonda yig‘ilgan Ravon Nexia R3 taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Olmaotada Qozog‘istonda yig‘ilgan Ravon Nexia R3 taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.



Foto: “Jahon” AA

O‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etilishicha, 2019-yilda Qozog‘istonda 16 mingta Ravon R3 avtomobillarini chiqarish rejalashtirilgan. Shularning 6 mingtasi ichki bozor, 10 mingtasi — eksport uchun, xususan Rossiya uchun mo‘ljallangan.

Allur Auto kompaniyalar guruhi prezidenti  Oksana Xolstina ta’kidlashicha, ushbu guruhga tegishli “SariarkaAvtoProm” zavodi — Qozog‘iston avtomobilsozligining yetakchisidir.

“Biz o‘z mahsulotimiz, shu jumladan, Ravon’ning sifatiga kafolat beramiz. Umid qilamanki, iste’molchilar mamnun bo‘ladi. Biz bu voqeani uzoq kutgandik va faqat shu model bilan kifoyalanib qolmoqchi emasmiz. Kelajakda Qozog‘istonda yig‘ilgan boshqa modellar ham taqdim etiladi”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tomoni Qozog‘istonda  yig‘ish uchun Nexia R3 komplektlarini muntazam yetkazib berishni  shu yil martidan boshlagan edi. O‘shanda “SariarkaAvtoProm” bilan ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.