Yangi Chevrolet Corvette Stingray nomini saqlab qoladi

Chevrolet’ning rasmiy saytida Corvette sportkarining sakkizinchi avlodi 18-iyul kuni Stingray nomi ostida ommaga taqdim etilishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Motor.



Foto: Marine Chevrolet

Corvette Stingray birinchi bor 1963-yilda — sportkarning ikkinchi avlodi sotuvga chiqqanida ishlab chiqarilgan. Oradan 13 yil o‘tib model yo‘qolib ketgan, biroq 2014-yilda amerikaliklar uni qayta yaratishga qaror qilgan edi.

Hozircha mavjud yagona ma’lumotga ko‘ra, sportkar oldmotordan o‘rta motorli kompanovkaga o‘tadi. Unga 500 ot kuchiga ega V8 dvigateli o‘rnatilishi mumkin.

Yaqinda Barrett-Jackson auksionida tarixda so‘nggi oldmotorli Chevrolet Corvette sotib yuborildi. 659 ot kuchiga ega 6.2 V8 dvigateli o‘rnatilgan avtomobilga 2,7 million dollarga xaridor chiqqan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.