Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi


2019 yilning 6 iyul kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa ittifoqi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari masalalari, hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish yo‘llari muhokama qilindi hamda «Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi» shaklidagi 15-vazirlar uchrashuvi kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, deyiladi TIV xabarida.

Muloqot davomida oliy darajadagi muntazam aloqalar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarda ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro maydondagi aloqalarning barcha masalalariga o‘zaro maqbul yechim topishga imkon beruvchi ijobiy muhit shakllantirgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Vazirlar turli darajalarda bo‘lajak uchrashuvlar jadvali yuzasidan ham fikr almashdilar.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.