Kaliforniyada 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)

Amerikaning Kaliforniya shtati janubida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Korrespondet.net”.


Foto: “RIA Novosti”

AQSh geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epimarkazi Ridjkrest shahridan 17 kilometr shimoli-sharqda bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Bu hafda davomida hududda sodir bo‘lgan ikkinchi zilzila. Ridjkrest shahri yaqinidi 4-iyulda 6,4 balli yer silkinishi yuz bergandi. Shuningdek, aftershoklar qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, bu Kaliforniyada 1994-yildan beri sodir bo‘lgan eng kuchli zilzila. O‘shanda 6,7 balli yer silkinishi 60 nafar odamning halok bo‘lishiga va ommaviy vayrongarchilikka olib kelgan edi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.