Fotoreportaj: Qoraqalpoq ahli Olimpiya kuniga sportchilar paradini o‘tkazdi

Fotoreportaj: Qoraqalpoq ahli Olimpiya kuniga sportchilar paradini o‘tkazdi


5 iyul kuni Nukusda «Olimpic Day» («Olimpiya kuni») munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi hamkorligida qator tadbirlar tashkil etildi.


«Dastlab, erta tongdan shaharning 55 metrli bayroqlar osilgan maydonda 2 mingga yaqin professional va umidli sportchilar, Nukus garnizonida xizmat burchini bajarayotgan askarlar ishtirokida harbiy okrug jismoniy tarbiya va sport boshlig‘i podpolkovnik Ahror Muqumov tomonidan ommaviy badantarbiya mashg‘uloti o‘tkazildi.

Shundan keyin sportchilar, yoshlar va harbiylar shaharning markaziy ko‘chasi bo‘ylab 2 km masofaga yugurish musobaqasida qatnashdi.


G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘istonning umidli yoshlari va harbiy sportchilar ishtirokida garnizon Ma'naviyat va ma'rifat markazi harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan kuylar ostida sportchilar paradi bo‘lib o‘tdi.


Kechki payt Nukus shahar Markaziy amfiteatrda bayram munosabati bilan yosh ijodkorlar tomonidan gala konsert namoyish etildi. O‘zbek va qaraqalpoq estrada qo‘shiqlari, bir yilga harbiy xizmatga kelgan askarlar tomonidan ko‘rsatilgan qo‘l jangi elementlari, havaskor badiiy jamoalarning chiqishlari tantanaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning bayroqlarini mamlakat, qit'a va jahon musobaqalarida, xalqaro turnir va bellashuvlarda baland ko‘tarayotgan yosh sportchilar sharaflandi», deyiladi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabarida.











loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.