Tutanxamonning toshdan yasalgan byusti salkam 6 mln dollarga sotildi

Fir’avn Tutanxamonga tegishli toshdan yasalgan byust Misr hukumatining noroziligiga qaramay, Londondagi Christie’s auksionida salkam 6 million dollarga sotildi, deb xabar beradi “Mir24”.



Foto: “Koorespondent.net”

Auksion uyining ma’lumotlariga ko‘ra, fir’avn Tutanxamon yuzining tasviri tushirilgan 28,5 santimetrli Misr xudosi Amonning haykali 5,97 million dollarga sotilgan. Xaridorning ismi oshkor etilmadi.

Avvalroq, Misr Tashqi ishlar hamda Qadimiy buyumlar bilan shug‘ullanish vazirliklari auksionda sotuvga qo‘yilgan qadimiy san’at asari mamlakatdan noqonuniy usulda olib chiqib ketilganini ma’lum qilgandi.

Auksion ma’muriyatining ta’kidlashicha, sotuvga qo‘yilgan lot 1970-yillarda nemis kolleksioneri tomonidan sotib olingan. Bundan tashqari Christie’s byustga so‘nggi 50 yil ichida egalik qilgan insonlarning ro‘yxatini ham e’lon qilgan. Misr tomonining ta’kidlashicha, byust Luksordagi Karkarnas ibodatxonasidan o‘g‘irlab ketilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.