Toshkent shahar hokimligi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasidan uzr so‘radi

Toshkent shahar hokimligi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasidan uzr so‘radi


2019 yilning 29 iyun kuni Kun.uz saytida "Eski tramvay yo‘llarini ta'mirlash uchun "Avtoyo‘l" pul olgan, ammo ishlarni bajarmagan" nomli maqolasi e'lon qilingan edi.

Unda Toshkent shahar hokimligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida shahardagi eski tramvay yo‘llari ta'miri bilan bog‘liq savolga shahar hokimi "Albatta, tramvay yo‘llarini ta'mirlash 3 yil ilgari "Avtoyo‘l" tashkilotiga tegishli bo‘lgan. Puli ham olingan, lekin hozirgi holatda qolib ketgan", deyilgan. Bundan tashqari, mazkur yo‘llarning bugungi kunda foydalanishga qabul qilinmaganligi hamda yuzaga kelgan ahvol uchun javobgarlik masalalari ham ko‘tarilgan.

Ushbu maqola yuzasidan 2019 yilning 6 iyul kuni saytda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi "Toshkent shahar mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUKning munosabati e'lon qilindi.

Unda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi rahbariyatini javobgarlikni boshqa tashkilotlarga yuklamaslikka chaqirdi. Shuningdek, qo‘mita poytaxt hokimligidan uch yil oldingi yuridik hujjatlar bilan chuqurroq tanishib, mohiyatni chuqurroq anglab, undan keyin aniq ma'lumotlar asosida bayonotlar berishni iltimos qildi.

Toshkent shahar hokimligi mazkur masalani o‘rgangan holda tushunmovchilik yuzaga kelganligini ma'lum qildi va buning uchun Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi "Toshkent shahar mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati" DUKdan uzr so‘radi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.