Tunisdagi teraktlardan so‘ng davlat idoralarida burqa taqish taqiqlandi

Tunis ayollariga davlat idoralarida burqa ta’qib yurish taqiqlandi. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, Tunis bosh vaziri Yusuf Shahid bu haqda tegishli qaror imzolagan.


Foto: AP

Qaror iyun oyi oxirida Tunis markazida sodir bo‘lgan ikkita teraktldan so‘ng xavfsizlik nuqtai nazaridan qabul qilingan.

Hudkushlar tomonidan sodir etilgan portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yetti nafari jarohatlangandi. Teraktlar Tunis politsiyasi va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlariga qarshi qaratilgan bo‘lgan.

Avvalroq burqa ta’qish Jazoir, Turkiya, Daniya, shuningdek, Serbiyaning Kosovo va Metoxiya avtonom hududlarida taqiqlangan edi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.