Shavkat Mirziyoyev Nurulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga sihat-salomatlik, baxt-saodat hamda qardosh Qozog‘iston xalqi farovonligi yo‘lidagi tinimsiz faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Elboshi rahbarligida Qozog‘istonda tinchlik va totuvlik ta’minlangani, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda katta yutuqlarga erishilgani, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi salmoqli darajada yuksalgani alohida ta’kidlandi.

Suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev ikki tomonlama munosabatlarga doir, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Oliy darajada erishilgan, avvalo savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika sohalarida, boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga muhim e’tibor qaratildi.

Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi intilishi qat’iy ekanini tasdiqladilar, deyiladi matbuot xabarida.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.