Salkam 89 million so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Salkam 89 million so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi


Amaldagi tartiblarga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan ayrim turdagi tovarlarni bojsiz olib kirishning cheklangan me'yorlariga ko‘ra, 65 gr.gacha og‘irlikdagi qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini olib kirish mumkin.

Ammo, mazkur me'yorlarga rioya qilmasdan turib, zargarlik buyumlarini turli nayrang va usullarini qo‘llagan holda olib kirishga urinayotgan shaxslar ham uchrab turibdi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi bir qator chegara bojxona postlari tomonidan ana shunday holatlarning bir nechtasi fosh qilindi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Jumladan, “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimi tomonidan, qo‘shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro N.Sh. qo‘lidagi tselofan paket ichida qog‘oz salfetkalarga o‘rab berkitilgan 38 700 000 so‘mlik, 129 gramm bo‘lgan sariq metalldan yasalgan, 10 dona ayollar bilakuzugi zargarlik buyumlarini yashirib olib kirishga bo‘lgan urinishlari fosh qilindi.

Ushbu post orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro A.U. umumiy qiymati 28 335 000 so‘mlik, og‘irligi 94,45 gramm bo‘lgan 8 dona ayollar bilakuzugi zargarlik buyumlarini yashirib olib o‘tayotganligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro A.V. bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan, jami og‘irligi 109 gramm oq metalldan yasalgan, qiymati 3 270 000 so‘mlik 32 dona zargarlik buyumlarini yashirib qo‘shni davlatdan olib o‘tayotganligi aniqlandi.

Yana bir shu kabi qonunbuzarlik holati “Farhod” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fosh qilindi. Fuqaro M.R. ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ushbu shaxs sumkasidagi kiyimlari orasiga berkitgan holda umumiy qiymati 18 500 000 so‘mlik, 6 turdagi zargarlik buyumlarini qo‘shni davlatdan noqonuniy yo‘llar bilan olib kirish vaqtida to‘xtatib qolindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.