Nurafshonda 41 yoshli erkak mahalladoshining umriga zomin bo‘ldi

Nurafshonda 41 yoshli erkak mahalladoshining umriga zomin bo‘ldi


2019 yil 5 iyul kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida yashovchi 41 yoshli R.X. mast holda Oybek mahallasida o‘zaro janjal tufayli shu mahallada yashagan 34 yoshli O.O.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada O.O. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.X. ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.