Amazon asoschisi Jeff Bezos rasman ajrashdi. Endi uning sobiq rafiqasi dunyoning eng boy odamlari reytingiga kirishi kutilmoqda

Amazon rahbari Jeff Bezos va uning rafiqasi Makkenzi rasman ajrashdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Nikoh buzilganligini rasmiylashtiruvchi hujjat Vashingtongning King okrugi sudyasi tomonidan 5-iyulda imzolangan.


Foto: AP

Qayd etilishicha, ajrim jarayonining tugallanishi Bezosning sobiq rafiqasiga dunyoda eng yirik internet do‘kon bo‘lgan Amazon kompaniyasi aksiyalarining 19,7 millionini (4 foizi) topshirish tartibining boshlanishi bo‘ladi.

Aksiyalar paketi 38,3 milliard dollarga baholanmoqda. Bu Makkenzi Bezosga Bloomberg tomonidan tuziluvchi dunyoning eng boy odamlari reytingida 22-o‘rinni egallashiga sabab bo‘ladi.

Bezos 2018-yilning mart oyida Forbes jurnali har yili tuzuvchi dunyoning eng boy kishilari reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilgan edi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.