Kasaba uyushmalarining huquqlari ko‘payadi

Kasaba uyushmalarining huquqlari ko‘payadi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini muhokama qildilar.

Majlisda kasaba uyushmalarini tashkil etish va ularning faoliyati, fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi qonun loyihasining muhokamasi qizg‘in kechdi.

Bir guruh deputat tomonidan ishlab chiqilgan ushbu hujjat orqali davlat organlari, ish beruvchilar bilan kasaba uyushmalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tartibga solinmoqda. Jumladan, kasaba uyushmalariga ijtimoiy-iqtisodiy masalalardagi qarorlar qabul qilinayotganda ishtirok etish, bandlikka ko‘maklashish, mehnatni muhofaza qilish va xodimlar huquqlarini himoya qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishni so‘rab taqdimnomalar kiritish, xodimlarni ommaviy ishdan bo‘shatish haqidagi qarorlarning muddatini muayyan muddatga to‘xtatib turish va boshqa shu kabi huquqlar berilmoqda.

Deputatlarning fikricha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi ishchilarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirishga, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda kasaba uyushmalariga qulay sharoitlar va kafolatlarning yaratilishiga, davlat organlari, ish beruvchilar hamda kasaba uyushmalarining o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.