Davlat hiyonatida gumonlanib qo‘lga olingan shaxs Rossiya prezidentining Ural okrugidagi vakili yordamchisi bo‘lib chiqdi

Tergov qo‘mitasi Moskvaning Lefertovsk sudidan FXX tomonidan davlatga hiyonatda gumonlanib ushlangan Rossiya fuqarosi Aleksandr Vorobyovni hibsga olinishini so‘radi, deb xabar beradi Meduza.



Foto: “Dostup” AA

Vorobyovning o‘zi sud majlisida Rossiya prezidentining Ural federal okrugidagi vakolatli vakilining yordamchisi bo‘lib ishlashini ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Aleksandr Vorobyov 2018-yilning iyulida idora rahbari Nikolay Sukanovning yordamchisi etib tayinlangan. Shu yilning o‘zida “Rossiya prezidenti tomonidan minnatdorchilik maktubi bilan taqdirlangan”. Vorobyov Rossiyaning uchinchi darajali haqiqiy davlat maslahatchisi hisoblanadi.

Uning jinoiy ishiga oid materiallar oshkor etilmagan. Manbalarning ta’kidlashicha, Vorobyovdan Polsha fuqaroligi pasporti va ovoz yozib oluvchi maxsus apparat olib qo‘yilgan.

Davlat hiyonatida ayblangan shaxslar 12 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.