Anvar Sobirov ekranlarga chiqmagan “Begona bahor”  va Nargiza Abdullayevani qo‘lini ushlab kechirim so‘ragani haqida gapirdi

Xonanda va aktyor Anvar Sobirov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.



Foto: Instagram / @anvarsobirov_official

Suhbat davomida Anvar Sobirov “Begona bahor” filmi ikki marotaba suratga olingani va filmdagi qiyin epizodlar haqida gapirib berdi.

‘Begona bahor’ filmi bizdan biroz avval boshqa rejissor, boshqa jamoa tomonidan suratga olingan ekan. Ammo film hali ekranlarga chiqmasdan prodyuserga yoqmagan. ‘Begona bahor’ filmi prodyuseri ‘Bu men aytgan, men o‘ylagan film emas’, deya rejissor Ibrohim Rasulovga ikkinchi marotaba filmni suratga olishi uchun mablag‘ va sharoit yaratib bergan.

‘Begona bahor’ filmining suratga olish ishlari juda ham og‘ir epizoddan boshlangan edi. Ya’ni filmda mast bo‘lib kelib, xotinini sudrab tashqariga olib chiqib tashlash kerak bo‘lgan epizodi olinishi kerak edi.

Qiyin holatlar ham bo‘lgan.

Bir-ikki marta sudrab ko‘chaga chiqarib tashlaganimda, rejissor menga qarab ‘ko‘zing yonmayapti, ichib kelgan odam bunaqa mehribon bo‘lmaydi, ko‘ziga qon to‘lib ketadi’, deya tanbeh berdi. Shunga Nargizaga qarab ‘ko‘zimga qaramang, ko‘zimga qarasangiz sizni ura olmayman’, deya yaxshilab kechirim so‘rab, mator deganida Nargizani shunaqa sudrabman, hattoki stop deganlarini ham eshitmapman. Nargizani tizzalari shilinib ketgan edi, hozirgacha shu holatni eslasam vijdonim qiynaladi.

Balki shunday tabiiy chiqqani, tabiiy suratga olingani uchun ham millionlab muxlislarning ko‘nglidan joy egallagandir.

Anvar Sobirov, xonanda va aktyor

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.