Fransiyada erta tongda qichqirib, odamlarni uyg‘otadigan xo‘roz sud qilinmoqda

4-iyul kuni Fransiyada erta tongda qichqirib, yaqin atrofdagi kishilarni uyg‘otayotgan xo‘roz ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.


Foto: Sputnik

Bu holat Sharanta departamentida ko‘rib chiqilmoqda. Moris laqabli xo‘roz va uning egasi Korin Fesso ustidan nafaqadagi Biron ismli qo‘shni shikoyat qildi.

Arizachilarning advokati ming yevro miqdorida kompensatsiya talab qilmoqda. Bu pulni ular halok bo‘lgan dengizchilarga yordam berish uchun o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Biron va Fesso o‘rtasida janjal bir yildan ortiq davom etmoqda. 2017-yil bahor mavsumida xo‘roz shovqiniga chek qo‘yish maqsadida arz qilishgan. O‘sha vaqtda xo‘roz Moris egasini himoya qilish uchun ikkita petitsiya tayyorlandi. Buni 155 ming kishi qo‘llab-quvvatladi.

4-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisiga da’vogar va xo‘roz egasi kelmadi. Sudda Biron va Fesso yashayotgan hudud qishloq joy yoki shahar ekanligi — asosiy bahs mavzusi bo‘ldi. Da’vogar advokatlarining ma’lum qilishicha, ularning mijozlari yashaydigan hudud qishloq joyi emas, balki shaharga yaqin uylar joylashgan hududga kiradi.

Sud bu ish bo‘yicha 5-sentabrda qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Euronews telekanali yozishicha, bu sud jarayonini mahalliy tovuq ferma egalari katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda. Bu holat ularning ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan qo‘rqishmoqda.

Shu bilan birga, qishloq tovushlari “Fransiyaning milliy boyligi” deb tan olishni taklif qilgan Jiron qishlog‘i hokimining tashabbusi ko‘pchilik tomonidan ijobiy qarshi olindi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.