Universiada-2019. O‘zbekistonga ikkinchi medalni Hikmatillo To‘rayev taqdim etdi

Universiada-2019. O‘zbekistonga ikkinchi medalni Hikmatillo To‘rayev taqdim etdi


Italiyaning Neapol shahrida davom etayotgan yozgi universiada o‘yinlarining uchinchi kungi bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, bugun musobaqa dasturidan o‘rin olgan dzyudo bahslarida -73 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Hikmatillo To‘rayev delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medalni qo‘shib qo‘ydi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

O‘z ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi davradan boshlagan To‘rayev dastlab latviyalik Abulfazs Nasirovsni va Shimoliy Koreyalik Kim Chol Gvangni mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim final yo‘lida mezbon vakili Gismondo Andearadan ustun kelgan To‘rayev final yo‘llanmasi chiqish uchun bahsda rossiyalik Yevgeniy Prokorchukga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Uchinchi o‘rin uchun bahsda kechgan bahsda chernogoriyalik Marko Gusichni dastlabki daqiqadayoq ippon, ya'ni sog‘ g‘alaba hisobiga mag‘lub etgan polvonimiz universiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Universiadagi dastlabki medalini yana bir dzyudochimiz Muhammadkarim Xurramov (+90 kg) qo‘lga kiritgan edi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.