Tramp nutqi vaqtida chalkashliklarga yo‘l qo‘ydi

Tramp nutqi vaqtida chalkashliklarga yo‘l qo‘ydi


Avvalroq madhiya so‘zlarini unutib qo‘ygan AQSh prezidenti Donald Tramp Mustaqillik kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqi vaqtida chalkashliklarga yo‘l qo‘ydi. Gap shundaki, u mustaqillik uchun urush vaqtida AQSh armiyasi inglizlar aeroportlarini egallab olganini aytgan.

Biroq AQShda mustaqillik uchun urush 1700-yillar oxirida yuz bergan, vaholanki AQShda ilk aviatashuvlar 1900-yillar boshidangina amalga oshirila boshlangan.

Bu Tramp nutqidagi yagona chalkashlik bo‘lmagan. Tvitterda CNN muxbiri Deniyel Deyl ma'lum qilganidek, Fort Mak-Genri uchun jang Tramp aytganidek inqilob urushi vaqtida emas, 1812 yildagi urush vaqtida yuz bergan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.