Xitoyda erkaklarga ochiq badan bilan yurish taqiqlandi 

Xitoyda erkaklarga ochiq badan bilan yurish taqiqlandi 


Xitoyning Tszinan shahrida erkaklarga ochiq badan bilan yurish taqiqlandi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Shahar rahbariyati erkaklarning yarim yalang‘och yurish odatiga chek qo‘yishga qaror qildi, chunki bu “shahar imijiga putur yetkazadi”.

Xitoyliklar orasida erkaklarning bunday yurishi “Pekincha bikini” deb ham ataladi. Yozda bunday yarim yalang‘och erkaklarni jamoat joylari, restoran, plyaj, bog‘ va avtobuslarda ko‘plab uchratish mumkin.

2 iyunda shahar rahbariyati aholi jamoat joylarida kiyimda yurishi va o‘zini “madaniyatsiz tutishni”, jumladan belgilanmagan joyga chiqindi tashlash va daryo hamda favvoralarda oyoqlarni yuvishni bas qilishi so‘ralgan ogohlantirish e'lon qilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.