Buffon – 1-raqam va sardorlikni rad etgani, Sarri, Ronaldu va YeChL orzusi haqida

Buffon – 1-raqam va sardorlikni rad etgani, Sarri, Ronaldu va YeChL orzusi haqida


Bir yillik tanaffusdan so‘ng «Yuventus»ga qaytgan darvozabon Janluiji Buffon italyan muxbirlari bilan suhbatda bo‘ldi. Suhbat tafsilotlarini Football Italia keltirib o‘tgan.


77-raqam haqida

77-raqam haqida o‘ylab qo‘ygandim, bu raqam o‘tmishimni aks ettiradi. «Parma»da shu raqamda o‘ynardim va u menga omad keltirgan, raqamimni haqiqatan yaxshi ko‘rardim.


1-raqam va sardorlik bog‘ichini rad etgani

Shchesni va Kelliniga 1-raqam va sardorlik bog‘ichini taklif qilishgani uchun rahmat aytaman, biroq men kimdandir nimanidir olib qo‘yish uchun qaytganim yo‘q.

Men, shunchaki, klubga qo‘limdan kelganicha yordam bermoqchiman. Asosiy darvozabon Shchesnining 1-raqamda o‘ynashi to‘g‘ri. Sardorlikka kelgach, bizda Jorjio Kellinidek juda zo‘r futbolchi bor.


Ronaldu bilan jamoadosh bo‘lish haqida

Juda ajoyib – Krishtinu Ronaldu bilan birga o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lyapman. O‘tgan mavsum «PSJ»da Neymar va Mbappe kabi chempionlar bilan jamoadosh bo‘lgandim. Endi esa «Yuventus» sharofati bilan Ronaldu bilan birga o‘ynayman. Bu – katta tuhfa.

Mauritsio Sarriga shogird bo‘lishi haqida

Sarri bilan allaqachon ko‘rishdik, u menda juda zo‘r taassurot qoldirdi. Birinchi matbuot anjumani kuni ham hammada shunday bo‘lgan bo‘lsa kerak.

@gianluigibuffon #WelcomeBackGigi #JUVEINMILAN #LiveAhead pic.twitter.com/v8KdVxvrsX — JuventusFC (@juventusfc) July 4, 2019

Chempionlar ligasida g‘olib chiqish haqida

Mavsumni faqatgina YeChLda g‘olib chiqishni o‘ylab boshlab bo‘lmaydi. Shunday qilsang, bu muvaffaqiyatsizliklarni boshlab berishi mumkin.

Albatta, Chempionlar ligasi bosh sovrini – futbolchilar eng ko‘p orzu qiladigan va eng nufuzli kubok. Lekin final may oyining oxirida bo‘ladi, hatto ba'zan iyun oyi boshiga ham to‘g‘ri kelishi mumkin. Unga qadar esa 10 oy vaqt bor.

Totti va de Rossining «Roma»dan ketgani haqida

Bu afsuslanarli. Rim va «Roma» haqida o‘ylaganda, o‘ziga xos ramzlar xayolga keladi. Gap futbol haqida ketganda hech kim ularni Franchesko va Daniyelesiz tasavvur eta olmaydi.

Shunisi aniqki, biz hech qaysimiz bilmaydigan narsalar ham bor va ularning asosida ba'zi qarorlar qabul qilinadi.

Ishonamanki, mening kindigim hech qachon «Yuventus»dan uzilmaydi.


loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.