Uimbldon ishtirokchisi nomunosib o‘yin uchun jazolandi

Uimbldon ishtirokchisi nomunosib o‘yin uchun jazolandi


Avstraliyalik tennischi Bernard Tomich Uimbldon musobaqasi tarixiga uzoq vaqtga kiradigan bo‘ldi. U musobaqaning 1-raundi uchrashuvi natijasiga ko‘ra professional tennischiga xos bo‘lmagan o‘yin uchun mukofot pulidan mahrum etildi.

Tomich fransuz Jo-Vilfrid Tsongga qarshi uchrashuvni 2:6, 1:6 va 4:6 hisobida yutqazdi. Uchrashuv esa bor-yo‘g‘i 58 daqiqa davom etgan.

Mag‘lubiyatga qaramasdan, avstraliyalikka 45 ming funt sterling miqdorida mukofot puli berilishi kerak edi. Biroq musobaqa tashkilotchilari erkaklar o‘rtasidagi uchrashuvlar oxirgi 15 yil ichida bunchalik tez tugamaganini aniqlashgach, tennischini jazolashga qaror qilishgan.

Hakamlar fikricha, tennischining o‘yini “Katta dubulg‘a” musobaqalari standartlariga mos bo‘lmasa, o‘yinchi qoidabuzar deb topilib, jarimaga tortilishi mumkin. Tsong-Tomich o‘yini hakami tashkilotchilarga avstraliyalikning kortdagi o‘yini professional maqomga yaqqol xos bo‘lmaganini ma'lum qilgan. Natijada o‘yinchini mukofot pulidan mahrum qilishga qaror qilingan.

Ta'kidlanishicha, tennischi ushbu qaror yuzasidan shikoyat qilishi mumkin.

1 iyuldan Britaniya poytaxti Londonda 133-marotaba Uimbldon musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa 14 iyulda yakun topadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.