Stiven Sigal cho‘kib ketgan suriyalik bolakay haqidagi filmda suratga tushadi

Turkiyalik rejissor Omer Sarikaya amerikalik aktyor Stiven Sigal bilan hamkorlikda “Kichkintoy Aylan. O‘lim dengizi” dramasi ustida ish olib bormoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.



Foto: “RIA.ru”

Omer Sarikaya 2015-yili Gretsiyaning Kos oroliga akasi va onasi bilan qayiqda yo‘l olib, Turkiya qirg‘oqlari yaqinida suvga cho‘kib ketgan uch yoshli suriyalik bolakay haqida film ishlamoqda.

Rejissor Yevropadan boshpana qidirish yo‘lida O‘rtayer dengizida halok bo‘layotgan muhojirlar muammosini ko‘tarishga qaror qilgan. Bundan to‘rt yil oldin ko‘k ishton va qizil futbolkada qirg‘oqda yotgan Aylan Kurdining suratni butun dunyoni larzaga solgan edi.

1980-yillardagi jangari filmlarning yulduzi Stiven Sigal mazkur filmda qaysi rolni ijro etishi hozircha noma’lum.

Film premyerasi 2 sentabrda Bodrumda bo‘lib o‘tadi. Kartina tomonidan yig‘ilgan barcha pullar xayriya yo‘lida sarflanadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.