Kaliforniyada so‘nggi 25 yil ichidagi eng kuchli zilzila qayd etildi

Kaliforniyada so‘nggi 25 yil ichidagi eng kuchli zilzila qayd etildi, deb xabar beradi CNN.



Foto: CNN

Zilzila magnitudasi 6,4 ballni tashkil etgan. Uning o‘chog‘i Los-Anjelesdan 196 kilometr narida joylashgan. Yer osti silkinishlari hatto Las-Vegasda ham sezilgani aytilmoqda. Bungan tashqari yana to‘rt marotaba 3,5—4,7 ball orqalig‘ida yer osti silkinishlari qayd etilgan.

Zilzila epimarkazi yaqinida Ridjkrest shahri va AQSh Harbiy-dengiz kuchlari poligoni joylashgan. Sodir bo‘lgan voqea sabab mahalliy shifoxonalardan odamlar evakuatsiya qilingan. Shuningdek, hududda yong‘inlar va talofatlar sodir bo‘lgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp zilziladan boxabar ekanligini va vaziyatni nazorat ostida ushlab turganini bildirgan.

Kaliforniya shtatida bu kabi kuchli zilzila 1994-yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda 6,7 balli zilzila 60 kishining o‘limiga olib kelgan edi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.