O‘zbekiston yozgi Universiadadagi dastlabki medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston yozgi Universiadadagi dastlabki medalni qo‘lga kiritdi


Italiyaning Neapol shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Universiadaning dzyudo bo‘yicha birinchi kun bahslari yakunlandi. Ushbu bellashuvlarda erkaklar va ayollar terma jamoasi jami 4 ta vaznda tatamiga ko‘tarildi.

Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarning +90 kg vazn toifasida Muhammadkarim Xurramov “A” guruhida amerikalik Kerr Mason Piper, vengriyalik Peter Arvai va Bogdan Voitsikni mag‘lub etib, yarim finalda yaponiyalik Kanta Nakano imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bronza medali uchun kechadigan bahsda esa polshalik Oleksiy Lisenko ustidan ishonchli g‘alaba qilgan Mahammadkarim delegatsiyamizga ushbu universiadadagi ilk medalni taqdim etdi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Chuningdek, -90 kg vazn toifasida Davlat Bobonov avvaliga saudiyalik Abdulrahmon Alrammanni, keyin yaponiyalik Goki Tajimani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Ammo ushbu bosqichda u braziliyalik Gustavo Assis to‘sig‘idan o‘tolmadi.

Musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahslarning -70 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Gulnoza Matniyazova ilk bosqichda koreyalik Yo Von Lidan ustun keldi. Ammo ikkinchi davrada u rossiyalik Madina Taymazovaga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha saralash bosqichida esa u dastlab Girdzuite Jioyya Fetterlini mag‘lub etdi. Biroq hal qiluvchi bahsda germaniyalik Sara Mekelburgga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

+70 kg vazn toifasida Nodira Yo‘ldosheva italiyalik Debora Salani yengishga muvaffaq bo‘ldi, ammo chorak finalda janubiy koreyalik Mi Jin Xan to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Bronza medali uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha saralash bosqichida esa uning yo‘liga fransiyalik Valentin Marshan to‘g‘anoq bo‘ldi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Universiada dasturida dzyudo bo‘yicha musobaqalar 4-7-iyul kunlari o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, kelgusi kunlarda yana 6 nafar dzyudochi talabalarimiz medallar uchun bahs olib borishadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.