Kamilov boshchiligidagi delegatsiya “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi

Kamilov boshchiligidagi delegatsiya “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi


O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 7 iyul kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” shaklidagi 15-vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan turli sohalarda mintaqalararo hamkorlik, jumladan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangilangan strategiyasini amalga oshirish doirasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, vazirlar xalqaro kun tartibidagi ayrim masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

O‘zbekiston delegatsiyasining Bishkek shahriga tashrifi dasturidan vazirlar uchrashuvida ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.