Qo‘shilgan qiymat solig‘i benzin narxi oshishiga olib keladimi?

Qo‘shilgan qiymat solig‘i benzin narxi oshishiga olib keladimi?


4 iyul kuni Adliya vazirligida qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida «Qonunchilikdagi yangiliklar» nomli brifing va matbuot anjumani tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida soha mutaxassislari tomonidan jurnalistlarga mazkur Farmon mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Farmonga ko‘ra, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali oxirgi iste'molchilariga sotadigan yuridik shaxslar, ushbu tovarlarni sotishdan tushumning miqdoridan qat'i nazar, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.

Matbuot anjumani davomida, jurnalistlar hamda tadbirkorlar tomonidan «Qo‘shilgan qiymat solig‘i kiritilishi benzin narxining oshishiga ta'sir etadimi?», degan savol o‘rtaga tashlandi.

«Benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yoqilg‘i narxi davlat tomonidan tartibga solinadigan mahsulotlar tarkibiga kiradi. Bu davlat tomonidan AI-80 markali benzin uchun 4000 so‘m miqdorida, AI-90 markali benzin uchun 4500 so‘m miqdorida belgilangan va shu miqdorda saqlanib qoladi. Mazkur normaning kiritilishi aynan mazkur mahsulotlarni avtomobil yoqilg‘ilarini quyish shoxobchalari sotayotgan korxonalar uchun ko‘proq foydali», deya Moliya vazirligi mas'ul xodimi Otabek Yakubovning so‘zlarini keltirmoqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Bundan tashqari, mazkur Farmonga muvofiq 2019 yil 1 avgustdan yagona yer solig‘i to‘laydigan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy o‘tadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.