Toshkent shahridagi Salom ko‘chasi bir oyga yopiladi

Toshkent shahridagi Salom ko‘chasi bir oyga yopiladi


Bugun Mirzo Ulug‘bek tumanida aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Namunali ko‘cha” loyihasi doirasida mahallalardagi kichik va tor ko‘chalar ta'mirlanmoqda, deya boshlanadi Toshkent shahar hokimligi xabari.

Bildirilishicha, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Podshobog‘” mahallasi Salom ko‘chasi “Namunali ko‘cha” loyihasi dasturiga kiritilgan. Ayni kunda ushbu ko‘chada ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli Salom ko‘chasi transportlar harakati uchun iyul oy so‘nggiga qadar yopiladi.


“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.