G‘arbiy yarimshar aholisi to‘liq Quyosh tutilishini ko‘rishi mumkin

Bugun, 2-iyul kuni g‘arbiy yarimshar aholisi to‘liq quyosh tutilishini ko‘rishi mumkin, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.


Foto: Pixabay

Oy bir necha daqiqalarga Quyoshni to‘liq yopadi. Ushbu astronomik hodisani Argetina va Chili hududida kuzatish mumkin bo‘ladi. U yerda tutilish 2,5 daqiqa davom etadi. Biroq kuzatish uchun eng yaxshi hudud Chilidan uch ming kilomet uzoqlikdagi Tinch okeanining janubi-sharqiy akvatoriyasi bo‘lib, tutilish davomiyligi 4,5 daqiqadan oshadi.

Mutaxassislar ko‘z pardasiga zarar yetkazmaslik uchun Quyosh tutilishiga faqat filtr orqali qarash kerakligini eslatib o‘tgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.