Yuqori texnologiyalar Haj amalini ado qilishga ko‘maklashadi

Yuqori texnologiyalar Haj amalini ado qilishga ko‘maklashadi


Saudiya Arabistonining Haj va Umra vazirligi musulmonlarga haj amali va ibodatlarini bajarishda yengillik bo‘lishi uchun bir qancha yuqori texnologiyali intellektual tizimlar paketini joriy qilmoqda, deb xabar beradi «Islam i semya».

Bu yil joriy qilingan asosiy yangi texnologiyalardan biri — e-track tizimi bo‘lib, hojilarga uy-joylarni, transfer va oziq-ovqatlarni oldindan band qilish imkonini beradi.

Tizim ikkala tomonning ham o‘z huquq va majburiyatlarini bajarilishi ustidan shaffoflik va nazorat o‘rnatish imkonini beradi. U Saudiya Arabistonining Haj va Umra vazirligi tomonidan boshqariladi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, tizim hojilarga qulay Haj paketlarini tanlash imkonini ham beradi. Shuningdek, hojilar tanlagan paketlar qiymatini elektron tizim orqali to‘lash imkoniyati ham bor.

2019 yilning may oyida Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz «Qirollik 2030» loyihasiga kiruvchi «Ollohning mehmonlari» xizmat ko‘rsatish dasturini ishga tushirgan edi.

Dastur 30dan ortiq davlat idoralari tomonidan tayyorlangan 130dan ortiq tashabbusni o‘z ichiga oladi. U uchta asosiy maqsadni ko‘zlaydi: yanada ko‘proq hojilarni qabul qilishga ko‘maklashish, Haj va Umra paytida sifatli xizmatlarni taqdim qilish, shuningdek, diniy va madaniy tajribalarni kengaytirish.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.