Facebook’da “qarovsiz” deya noto‘g‘ri talqin qilingan aktyor Abror Tursunov san’atda do‘sti yo‘qligi haqida gapirdi (video)

“Kulol va Xurmacha” filmidagi Xurmacha roli bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor va rejissor Abror Tursunov haqida ijtimoiy tarmoqlarda “qarovsiz, yordamga muhtoj, juda ayanchli ahvolda” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.



Foto: “Daryo”

Ushbu xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda jurnalist va teleboshlovchi Shohira Hamro Abror Tursunovning xonadonida bo‘lib, aktyor bilan suhbatlashishdi.


Suhbat davomida aktyor san’atda birorta tobutkash do‘sti yo‘qligi haqida gapirib berdi.

Kuch-quvvating borida yoningda bo‘lishadi. Kuch-quvvating ketib qolsa yoningdagilar ham tarqab ketadi. Inson iloji boricha tobutkash og‘ayni topishi kerak. Pulga, mansabingga og‘ayni bo‘lganlar og‘ayni emas. Tobutkash og‘ayning bo‘lsa, u o‘lsa sen ko‘tarsan, sen o‘lsang u ko‘taradi. Menda shunday do‘stim bor, ammo u san’atda emas.

Abror Tursunov, aktyor va rejissor

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.