Fransiyaning Renault kompaniyasi O‘zbekistonda KWID modelini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Renault Group vakillari O‘zbekistonda Renault avtomobillarini ishlab chiqarish borasidagi taklifga qiziqish bildirdi, deb xabar beradi Spot.



Foto: “Kolesa.ru”

“Dunyo” axborot agentligining ma’lum qilishicha, mazkur masala O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasida fransuz avtomobilsozlik korporatsiyasi rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama qilingan.

Xususan, Renault mashhur KWID modelini ishlab chiqarishga, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘onistonga eksport qilishga tayyor.

Avtokonsern rahbariyati birinchi bosqichda “A” sinfiga oid avtomobillarni yig‘ishni yo‘lga qo‘yishni, keyinchalik boshqa segmentlarga o‘tish bilan bir qatorda ishlab chiqarishni bosqichma-bosich lokalizatsiya qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqlagan.

Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘zdan kechirish maqsadida fransuz kompaniyasining delegatsiyasi yaqin kunlar ichida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirgan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.