Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markaziga direktor tayinlandi

Hukumat qarori bilan Xurram Fattixovich Teshabayev Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazining direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Markazning asosiy vazifasi mamlakatning raqobatdagi ustunligi, sanoat, infratuzilma, xom ashyo va inson salohiyatini safarbar qilishga yo‘naltirilgan yangi investitsiya loyihalarini aniqlash va ishlab chiqish hisoblanadi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.