Elmira Bositxonova Bosh vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. «Deputatlar Bosh vazir tomonidan kiritilgan Bosh vazir o‘rinbosari nomzodini tasdiqlashdi» deya xabar berdi «Yuksalish» umumilliy harakati o‘z Telegram kanalida.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonovani Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Elmira Bositxonova bu lavozimda Bosh vazir o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva o‘rnini egalladi.

Basitxanova 2016-yil 12-dekabrdan beri Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. 2011-2016-yillarda esa O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasining raisi lavozimida ishlagan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.