Manba: O‘zbekiston "Tigr" zirhlangan avtomobillarini sotib oldi

Manba: O‘zbekiston "Tigr" zirhlangan avtomobillarini sotib oldi


O‘zbekiston Qurolli kuchlari Rossiyaning ko‘p maqsadli "Tigr" zirhlangan avtomobillari partiyasini sotib oldi. Bu haqda "Armiya-2019" beshinchi xalqaro harbiy-texnik forumida ishtirok etayotgan O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi vakilining so‘zlariga asoslanib TASS xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "bir necha o‘nta" maxsus komplektatsiyadagi VPK-233136 "Tigr" zirhlangan mashinalari sotib olingan.

"Avtomobillar O‘zbekiston maxsus bo‘linmalarining talabi bo‘yicha takomillashtirildi. Xususan, zirhlangan korpus qo‘shimcha eshiklar bilan jihozlandi, barcha oynalarga himoya panjaralari qo‘yildi, tom qismiga esa infraqizil projyektor va old va orqa lyuklar perimetri bo‘yicha merganni himoya qiluvchi yig‘ma zirh o‘rnatildi", – dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu "Tigr"lar 7,62 millimetr kalibrli PKM pulemyotlari bilan jihozlangan.

"Bu "Tigr"lar o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata oldi. Mashina maxsus bo‘linma oldiga qo‘yilgan barcha topshiriqlarni bajara oladi va tom ma'noda ular uchun uy sifatida xizmat qilishi mumkin. Har qanday zirhlangan avtomobil ham bunga qodir emas", - deb ta'kidlagan manba.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.