Grizmann 1 iyul kuni «Barselona» futbolchisiga aylanadi

Grizmann 1 iyul kuni «Barselona» futbolchisiga aylanadi


«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann 1 iyuldan keyin «Barselona» bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Ayni shu sanadan boshlab uning shartnomasida belgilangan badal puli miqdori 200 million yevrodan 120 million yevroga tushishi to‘g‘risidagi band kuchga kiradi.

The Telegraph nashri ma'lumotiga ko‘ra, fransiyalik futbolchi bilan bitim shartlari ikki oy oldin kelishib bo‘lingan.

Avvalroq «Barsa» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu bu mish-mishlarni rad etgandi.

«U bilan aloqaga chiqmaganimiz haqida bir necha marotaba gapirdik. Hech qanday muzokara o‘tkazilmayapti.

Yaqin kunlarda va kelgusi haftalarda bozorda bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzatib boramiz», – degandi Bartomeu RAC1 radiosi efirida.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Grizmann «Atletiko»dan ketishini ma'lum qilgan, ammo yangi klubiga aniqlik kiritmagan edi.

Bundan avvalroq ushbu futbolchiga «PSJ» va «Manchester Yunayted» kabi klublar ham da'vogarligi haqida xabarlar tarqalgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.