Video: Qozog‘istondagi harbiy qismda portlashlar ro‘y berdi, shahar aholisi evakuatsiya qilinmoqda

Video: Qozog‘istondagi harbiy qismda portlashlar ro‘y berdi, shahar aholisi evakuatsiya qilinmoqda


Qozog‘istonning Turkiston oblasti hududida joylashgan harbiy qismda portlashlar ro‘y berdi va yong‘in kelib chiqdi.

Hodisaga bir necha snaryadlar portlab ketishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Aris shahridagi harbiy qismda davomli portlashlar ro‘y bergach, mahalliy aholini evakuatsiya qilish ishlari boshlangan.

Halok bo‘lganlar va jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Ijtimoiy tarmoqda hodisa tasvirlari tarqalmoqda. Videolarda portlashdan keyin quyuq tutun osmonga o‘rlaganini, odamlar xavfli hududni tark etishga urinayotganini ko‘rish mumkin.

Ayni vaqtda Turkiston oblastida favqulodda holat e'lon qilingan.

«Turkiston oblastida favqulodda holat e'lon qilingan, barcha tumanlardagi maxsus xizmatlar shay holatga keltirilgan. Atrofdagi barcha aholi punktlarini va shaharni to‘liq evakuatsiya qilishga zarurat yuzaga kelgan», degan oblast rahbari Umirzak Shukeyev.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.