Kaliforniyada 1956-yilgi Mercedes 1 234 567 dollarga sotildi (foto)

Kaliforniyadagi avtoatelyeda obdon restavratsiya qilingan 63 yillik to‘q kulrang Mercedes-Benz Gullwing mashinasiga yangi xaridor topildi. “Motor”ning yozishicha, “Chayka qanotlari” nomi bilan mashhur bo‘lgan afsonaviy Mercedes auksionda 1 234 567 dollarga sotilgan.


Foto: “Motor”

Shassi raqami 198.040.6500165 bo‘lgan ushbu mashina 1956-yilda ishlab chiqarilgan. Mashina kuzovining zavoddan chiqarilgan asl rangi kulrang, saloni esa och kulrang charmdan ishlangan edi.


Foto: “Motor”


Foto: “Motor”

Uning avvalgi egasi — San-Fransiskodagi Bring a Trailer kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, mashina juda yaxshi saqlangan va foydalanishga tayyor edi.

Mashinaga shu vaqtgacha kimlar egalik qilgani ma’lum. Uni birinchi marta 1956-yilda Pensilvaniyaning York shahridani bo‘lgan Jorj Sterner sotib olgan. Ikkinchi egasi 1978-yildan 2013-yilgacha Pensilvaniyaning Nyu-Kensington shahridagi Dr. Falk & Son kompaniyasi bo‘lgan.

Shundan so‘ng u Kaliforniyadagi kompaniyaga sotilgan.


Foto: “Motor”


Foto: “Motor”

Bring a Trailer mashinaga 2013—2019-yillarda egalik qilgan va shu yillar davomida Brisben shahridagi Pit Stop atelyesida qator restavratsiya ishlarini amalga oshirgan. Mashinadagi yaxshi ishlashi mutaxassislarda oz bo‘lsa-da shubha tug‘dirgan barcha agregat va detallar almashtirilgan. Interyeri ham eng sifatli materiallardan foydalanilgan holda mashinaning asl nusxasi ko‘rinishida qayta tiklangan.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.