Boeing Le-Burjye aviasalonining birinchi kunida birorta ham buyurtma olmadi

Boeing Le-Burjye aviasalonining birinchi kunida birorta ham buyurtma olmadi


Amerikaning Boeing aviakonserni Fransiyaning Le-Burjye shahrida boshlangan xalqaro aviasalonning birinchi kunida o‘z samolyotlari uchun birorta ham buyurtma olmadi. Bu haqda CNBC telekanali xabar berdi.

Kompaniya rahbariyati yarim yil ichida ikkita Boeing 737 MAX samolyoti halokatidan so‘ng buyurtmalar pasayishiga tayyorgarlik ko‘rgandi, natija kutilganidan ham yomonroq bo‘ldi.

Boeing bosh direktori Dennis Myullenburg uning kompaniyasi uchun ushbu aviasalon buyurtma rasmiylashtirish uchun emasligini, balki mijozlarni Boeing sifat va ko‘rsatkichlarni oshirayotganiga ishontirish uchun imkoniyat ekanligini bildirdi.

Shu bilan bir vaqtda Boeing’ning asosiy raqobatchisi bo‘lgan Airbus konserni birinchi kunning o‘zidayoq o‘z samolyotlarini sotish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 123 ta shartnoma imzoladi.

Ko‘plab davlatlarda Boeing 737 MAX samolyotlaridan foydalanish Indoneziyadagi (189 kishi halok bo‘lgan) va Efiopiyadagi (157 kishi halok bo‘lgan) aviahalokatlardan so‘ng to‘xtatilgandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.