Mishel Platini hibsga olindi

Mishel Platini hibsga olindi


UYeFAning sobiq prezidenti Mishel Platini JCh-2022 mezbonligini aniqlashda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgani bo‘yicha ish doirasida Fransiyada qo‘lga olindi. Bu haqda Mediapart nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, sobiq amaldor 18 iyun kuni hibs qilingan. Tekshiruv doirasida fransuz siyosatchisi, Nikolya Sarkozi prezidentligi vaqtida hukumat tarkibida bo‘lgan Klod Gean ham so‘roq qilingan.

Ma'lumot uchun, 2010 yilning dekabrida FIFA ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi qaroriga ko‘ra 2022 yilgi jahon chempionati mezbonligini Qatar qo‘lga kiritgan. O‘sha vaqtdayoq ingliz matbuotida ushbu tanlovda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgani ehtimoli bo‘yicha tekshiruvlar chiqa boshlagandi.

FIFA mustaqil komissiyaga ushbu ishni tekshirishni topshirgandi. 2014 yilda bu ishda korrupsion kelishuvni isbotlovchi dalillar topilmagani e'lon qilingandi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.