UFC’ning eng yaxshi jangchisi oxirgi jangiga tayyorlanmoqda

UFC’ning eng yaxshi jangchisi oxirgi jangiga tayyorlanmoqda


Amerikalik aralash yakkakurash jangchisi (MMA) Daniel Korme Stipe Miochichga qarshi ikkinchi jangi u uchun oxirgisi bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda TMZ Spors xabar berdi.

40 yoshli jangchining eslatishicha, Miochichga qarshi 2 martda amalga oshmagan revansh jangi u uchun MMA’dagi oxirgisi bo‘lishi kerak edi. “Agar men so‘zimning ustidan chiqsam, unda bu jangdan keyin tugatishim kerak bo‘ladi. Men Miochich bilan jangdan keyin boshqa urshishni o‘ylamayapman ham. Shunchaki chiqib, o‘z ishimni qilmoqchiman”, deb aytgan Korme.

Korme va Miochich o‘rtasidagi 2-jang Anaxaymda (AQSh) 17 avgustda bo‘lib o‘tadi. 2018 yil iyulda Korme Miochichni og‘ir vaznda UFC chempioni unvoni uchun jangda mag‘lub etgan. Shu yilning noyabrida amerikalik hamyurti Derrik Lyuis bilan jangda qo‘li baland kelib, kamarini yana himoyalagandi. Dekabrda esa amerikalik yarim og‘ir vazndagi unvonidan voz kechgan, uni keyinroq Jon Jons Aleksandr Gustafssonga qarshi jangda qo‘lga kiritgan.

Korme ayni vaqtda UFC’ning vazn toifalaridan qat'iy nazar umumiy reytingida 1-o‘rinni egallamoqda.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.