Sudanning sobiq prezidenti davlat to‘ntarishidan keyin ilk marta ko‘rinish berdi

Sudanning sobiq prezidenti Umar al-Bashir aprel oyidagi to‘ntarishdan keyin ilk marta omma oldida ko‘rinish berdi, deb xabar berdi “Exo Moskvi”.



Foto: EPA

Sobiq prezidentni korrupsiyada ayblashganidan so‘ng Xartumdagi prokuratura binosiga olib ketishayotganida ko‘rishdi.

Hujjatlarda sobiq prezidentga nisbatan shubhali yo‘llar bilan daromad orttirish hamda xorijiy valyutaga egalik qilish, shuningdek norasmiy tarzda sovg‘alar olish kabi ayblovlar ilgari surilgan.

Umar al-Bashir Sudanda 30 yil hukmronlik qildi.

loading...

Copyright © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.